
Perottiga Osiyodan taklif bor
"Roma" hujumchisi Diego Perotti joriy transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin, deya xabar bermoqda "Corriere dello Sport" nashri.
Unga Turkiyaning "Fenerbaxche" va Saudiya Arabistonining "Al-Shabab" jamoalaridan aniq takliflar kelib tushgan. Unga qit’adoshlarimiz 2,5 mln evro yillik maosh to‘lashga tayyor.
Fikrlar