
Pedri: "Bizda Busketsning o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchi bor"
“Barselona” futbolchisi Pedri jamoadoshi Serxio Buskets haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Buskets klubning asosiy futbolchisi va men u bilan birga o‘ynaganimdan xursandman. Ba’zida odamlar uning maydondagi mehnatini sezmaydi. Bu bizga juda ham seziladi. Umid qilamanki, u “Barsa”da qoladi”, - dedi 19 yoshli yarim himoyachi.
“Bizda uning o‘rnini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan futbolchi bu Frenki de Yong”, - deya qo‘shimcha qildi Pedri.
Serxio Busketsning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi. Uning keyingi manzili MLS bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar