"Paxtakor" stadioniga ta’mir kerak. U Superliga o‘yinlarini qabul qila olmaydi

  • 30 iyul, 2024, 10:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilgi futbol mavsumiga tayyorgarlik davrida qabul qilingan rejalar asosida "Paxtakor" stadioni Superliga uchrashuvlarini qabul qilishdan to‘xtadi. Stadion U21 chempionati va Proliga uchrashuvlarini o‘tkazishi mumkin. 

Tecno

Sir emaski, Liga Superliga stadionlariga bo‘lgan talabni bosqichma-bosqich oshirib boradi. 2023 yilning aprel oyida "Paxtakor" stadioni tribunalaridagi holat sabab ishchi guruh tuzilgan va uning xulosasi asosida stadion tribunalarining taxminan 70 foizi xavfsizlik nuqtai nazari bilan muxlislar uchun yopib qo‘yilgandi. Buning oqibatida "Paxtakor" Chempionlar ligasining so‘nggi mavsumini "Bunyodkor" stadionida o‘tkazishga majbur bo‘ldi. 

O‘tgan vaqt davomida stadionni kapital ta’mirdan chiqarish masalasida ijobiy o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Shundan kelib chiqib, "Paxtakor" Elit Chempionlar ligasi musobaqasi uchun yana bir bor "Bunyodkor" stadionini OFK platformasiga joylashga majbur bo‘ldi. Liga esa reja asosida "Paxtakor" arenasini Superliga uchrashuvlarini qabul qiladigan stadionlar ro‘yxatidan chiqardi. 

"Paxtakor" mavsumning ikkinchi yarmini "Jar" stadionida o‘tkazadi. Klub uch tomonlama tuzilgan bitimni Ligaga taqdim etdi. 

Avvalroq "Surxon" Liga talabi bilan "Paxtakor" stadionida o‘ynay olmasligi aniq bo‘lgach, Samarqanddagi "Dinamo" bilan kelishuvga erishgan, "Lokomotiv" esa poytaxtdagi boshqa stadion — "Bunyodkor"ga ko‘chib o‘tishi ma’lum qilingandi. 

Proliga vakillari bo‘lgan "Buxoro" va "Olimpik Mobiuz" O‘FAga qarashli "Do‘stlik" stadionida raqiblarini qabul qiladi. "Do‘stlik" Toshkent klubi esa "Paxtakor" stadionidan foydalanadi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
30/07/2024 23:49
Пролигани мовкие шунчалик пастми суперлигага булмаган стадионда уйнаса булармиш тавба бу ерда кимни томи кетган
Ilhomjon Feyz
30/07/2024 15:04
Стадион учун кураш кетябди чамамда. Ё бор ё йўқ бўлади.
&
Адхамжон Низомов
30/07/2024 12:24
ПФЛда бари томи кетганлар ишлайди.Мажлисга Раис этиб эшак сайланса,шунака булади .Мавсумга тайер стадиони булмаган клубни четлатиб куй,ошковоклар.УФ........