
Patris Evra: "Pogba ketishi kerak"
"Manchester Yunayted" va Frantsiya terma jamoasi sobiq qanot himoyachisi Patris Evra Pol Pogba mankunianliklar tarkibini tark etishi kerak deb hisoblamoqda.
"Odamlar Pogba o‘ynayotganida uni ayblashmoqda, ammo u o‘ynamayotganida ham baribir ayblashmoqda.
Bunday vaziyat men bilan "Marsel"da o‘ynayotganimda ham yuz bergan. O‘shanda klub ichida muhit yomon tomonga o‘zgarmasligi uchun ketishni ma’qul ko‘rganman. Pogba ham shunday qilishi kerak", - deydi Evra.
Ayni vaqtda Pogba to‘pig‘idan olgan jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda. U joriy mavsumda APLda ettita o‘yinda maydonga tushdi, biroq gollik vaziyatlarda ishtirok etmadi.
Fikrlar