
Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoa Toshkentda O‘zbekistonga qarshi o‘yin o‘tkazadi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasi ishtirokchisiga qarshi Toshkentda o‘yin o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 13 oktyabr sanasida Evropa vitse chempioni Ispaniya yoshlar termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishidan xabaringiz bor. Timur Kapadze shogirdlari mazkur o‘yindan so‘ng yana bir muhim uchrashuvda ishtirok etadi. Vakillarimiz Toshkentda o‘tkaziladigan keyingi bahsda Afrika kubogi finalchisi, Parij Olimpiadasi ishtirokchisi Misr U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston - Misr
16 oktyabr
Toshkent
Fikrlar