Paralimpiya sportchilari Vestminsterda bo‘lishdi
Ko‘pchilik hayotda nogironlarga nisbatan imkoniyati cheklangan iborasini ishlatishadi. Ammo, ular orasida shundaylari borki, ular sog‘lom insonlar uddalay olmaydigan ishlarni qilib, aslida kimning imkoniyati cheklanganini ko‘rsatib qo‘yishadi.

Kuni kecha poyxtaxtimizdagi Vestminster xalqaro universiteti qoshidagi akademik litseyda ana shunday shijoatli va hayotda o‘z oldiga maqsad qo‘ygan paralimpiyachilarimiz bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda litsey o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Shu kuni Paralimpiada va Jahon chempionlari hamda sovrindorlari hisoblangan Boburbek Omonov, Sabina Suxanova, Natalya Semyonova hamda Asila Mirzayorovalar o‘zlarining bosib o‘tgan faoliyati va hayoti haqida gapirib berishdi. Tadbir ishtirokchilari esa ularga o‘zlari qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.


Tadbir so‘nggida tashkilotchilar tomonidan sportchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
O‘ylaymizki, bu kabi tadbirlar yoshlarimiz orasida hayotga bo‘lgan qiziqishni oshirishda va ularni sport bilan shug‘ullanishida muhim rol o‘ynaydi. Eng muhimi esa ularda hayotdagi jismoniy nogironlik hech narsani hal qilmasligiga ishonch paydo qildi.

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi
matbuot xizmati



Fikrlar