O‘zDJTSUda dual ta’lim tizimi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi

BEPUL PROPAN

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida  talabalarining jismoniy harakati va tanlagan sport yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy hamda nazariy bilimlarini oshirishga qaratilgan dual ta’lim tizimidan foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan.

Jumladan, kecha 24 sentyabr kuni universitetning Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari uchun, xususan, belbog‘li kurash yo‘nalishda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning amaliy mashg‘ulot jarayonlariga O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi, xalqaro toifadagi hakam Ravshan Dastirov taklif etildi. 
Kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etgan ushbu amaliy mashg‘ulotlarda Ravshan Dastirov milliy sport turimiz bo‘lgan belbog‘li kurashning rivojlanish tarixi va bugungi kunda federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, R.  Dastirov tomonidan belbog‘li kurash musobaqalarida ishlatiladigan hakamlik qoidalarini, belbog‘li kurash usullarini amaliy misollar yordamida ko‘rsatib o‘tdi.

Ta’kidlash joiz, mazkur milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, bu borada ham qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!