O‘zbekistonning eng zo‘r tennischilari aniqlandi

BEPUL PROPAN

Farg‘ona shahridagi "Istiqlol" tennis majmuasida kattalar o‘rtasida tennis bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 55 nafar raketka ustasi g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi.

Musobaqaning yakkalik bahslarida  Rahimbek Ibrohimov so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvda Aziz Dadaboevni 6:1, 6:0 hisobida taslim etib, mamlakat chempioniga aylandi.

 Qizlar o‘rtasidagi final bahsida esa Maftunabonu Qahramonova hamda Diana Xashimova o‘zaro raqobatlashdi. Unda Maftunabonu har ikkala setda bir xil 6:1 hisobida zafar quchdi. 

Juftlik bahslarida Aziz Dadaboev va Boburmirzo Yoqubjonova tandemi erkaklar o‘rtasida, Zlata Chinnova hamda Diana Xashimova dueti ayollar orasida mamlakat chempioniga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!