
O‘zbekistonning eng tezkor poygachilari aniqlandi
Jizzax viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan iqtidorli va umidli sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyon etdi.
Chempionat doirasida turli masofalarda guruh poygalari tashkil etildi. Jumladan, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 42 kilometr masofaga bo‘lib o‘tgan bellashuvda Emil Valishen (Toshkent viloyati), Shoakmal Shoakmalov (Toshkent shahri) va Mironshoh Bahodirov shohsupaga ko‘tarildi.
Qizlar o‘rtasidagi 21 kilometr masofaga o‘tgan guruh poygasida Omina Tursunova (Sirdaryo viloyati) oltin, Tansolpan Alimbaeva (Toshkent viloyati) kumush, Milana Yarovaya (Sirdaryo viloyati) esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Fikrlar