
O‘zbekistonlik yakkakurashchi Tailanddagi "qirol kubogi"da g‘olib chiqdi
O‘zbekistonlik yakkakurash jang san’atlari ustasi Mansur Tolipov navbatdagi jangini g‘alaba bilan yakunladi. Tailandda muay tay bo‘yicha qirol kubogi uchun kechgan jahon chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
- 6 fevral muay tay kuni munosabati bilan Tailandda qirol kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Raqibim tay jangchisi Tontyak bo‘ldi. Men uni ikkinchi raundda nokautga uchratdim. Endi keyingi jangim mart oyida Chexiya bo‘ladi. Unga munosib tayyorgarlik ko‘rib, muxlislarimga yana bitta g‘alaba taqdim qilmoqchiman, - deydi sportchimiz instagramdagi uzsport_no1 sahifasiga.
Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda muay tay bilan shug‘ullanishni boshlagan sportchimiz asosan Tailandda mashg‘uotlar olib boradi. U 2015 yilda professional muaytaychilar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan bo‘lsa, 2016 yilning dekabr oyila bu muvaffaqiyatni yana takrorlab ikkita chempionlik kamariga ega bo‘lgan.
Fikrlar