O‘zbekistonlik “iblis”! Ekspertlar Shomurodovga yana qanday ta’rif berishyapti?

  • 21 aprel, 06:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumning ikkinchi yarmi “Roma” uchun keyingi yillardagi eng muhim davrga aylandi. “Bo‘rilar” bu gal uzoq kutilgan maqsadlarini amalga oshirib, Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkonini saqlab turibdi.

Tecno

Bunda Eldor Shomurodovning “Verona”ga qarshi uchrashuvda kiritgan goli muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan legionerimiz to‘rtinchi daqiqadayoq to‘p kiritib, jamoasining murakkab va muhim g‘alabasini ta’minladi.

Italiya futbolini tahlil qilib kelayotgan nufuzli manbalar “Roma” va “Verona” uchrashuvi qahramoni bo‘lgan Eldor Shomurodovning o‘yiniga baho berib, uning harakatlarini quyidagicha ta’rifladi.

TuttoMercatoWeb Eldor Shomurodovni 7,5 ballga baholadi:

Artyom Dovbikning o‘rnini egallagan Eldor Shomurodov o‘ziga berilgan imkoniyatdan unumli foydalandi. Uning gol to‘rtinchi daqiqadayoq “Roma”ni oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqt mobaynida yana gol urish uchun etarli imkoniyatga ega bo‘lmadi, lekin bor kuchini jamoadoshlariga yordam berishga qaratdi. Eldor muhim palla – Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun poygada asosiy figuraga aylandi.  

La Gazzetta dello Sport –  6,5 ball:

Monstr hujumchi, o‘zbekistonlik legioner mavsumdagi ettinchi golini urdi.

Tuttosport  – 6,5 ball:

Shomurodov Sulening pasiga ideal vaqtda tashlandi va gol urdi. Qolgan vaqt dvomida jamoasi uchun to‘pni ushlab turishga harakat qildi.

Corriere dello Sport – 7  ball:

Qaysar, kurashuvchan, engilmas: o‘zbekistonlik “iblis” hech qachon to‘xtamaydi! Bu gal ilk daqiqalardan oldinga tashlandi va hisobda oldinga chiqib olish imkoniyatini qo‘ldan bermadi Eldor mavsumdagi ettinchi golini urishni uddaladi.

Vocegiallorossa  – 7  ball:

Texnikaga asoslangan gol juda engil kiritildi, to‘p darvozaga yarim metrdan yo‘llandi. Ьiroq hamma gap – ana  shu nuqtaga etib kelishda!

Shomurodov bu darajaga etgunicha hamma qiyinchiliklarga chidadi, borini berdi va Klaudio Raneri buni e’tiborsiz qoldirmadi.

Eldor gol urganidan keyin imkoni boricha jamoa uchun o‘ynadi.

Ta’kidlash joizki, joriy mavsum Shomurodov “Roma”ga kelganidan buyon eng samarasi hisoblanadi. 29 yoshli hujumchi A Seriya, Italiya kubogi va Evropa ligasida jami 32 marotaba maydonga tushib, ettita gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.

“Roma” rahbariyati Shomurodovning jamoaga keltiratgan foydasi va salohiyatini inobatga olib, o‘zbek hujumchisi bilan shartnomani 2027 yilning 30 iyunigacha uzaytirdi.   

Endi Husanovga yanada qiyin bo‘ladi!

Shomurodovga fanatlar yangi talab qo‘ydi!

Shomurodov hammani qutqardi!

“Roma”ni Chempionlar ligasiga etaklayotgan Shomurodovning o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?

Fayzullaev nega Evropada o‘ynamayapti? “Barsa” sobiq yulduzi vaziyatni tushuntirib berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
22/04/2025 07:09
Яша Элдор