O‘zbekiston pankration-greppling va havaskor MMA assotsiatsiyasi yana bir turnirni muvaffaqiyatli o‘tkaza oldi!

  • 18 fevral, 15:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

16-17 fevral kunlari "Yunusobod" sport majmuasi pankration-greppling va havaskor MMA bo‘yicha O‘zbekiston birlashgan chempionatiga mezbonlik qildi. O‘zbekiston pankration-greppling va havaskor MMA assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu chempionat juda yuqori saviyada o‘tdi.

Tashkilotchilik borasida ham faqat iliq fikrlarni bildirish mumkin. Ayniqsa, ishtirokchilar sonining oshib borayotganligi Hojiakbar Hakimov boshchiligidagi Assotsiatsiya to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko‘rsatadi. Kichik o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslar muxlislarda yorqin taassurot qoldirdi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Musobaqada yorqin janglarni ko‘rdik. Harakter, azart, alamli mag‘lubiyatlar va sensatsiyalarni ham guvohiga aylandik. 1000 ga yaqin ishtirokchi g‘oliblik uchun bahs yuritishdi. Bu musobaqa avval ham ta’kidlab o‘tganimizdek, Bahraynda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari va Braziliya mezbonligidagi jahon chempionatpiga ham saralash vazifasini o‘tab berdi.

Qisqa qilib aytganda, O‘zbekiston birlashgan chempionati kutilganidan ham yaxshi saviyada o‘tdi. G‘olib va sovrindorlar aniqlanib, medal va diplom bilan taqdirlanishdi. Albatta, assotsiatsiyani yana bir ajoyib musobaqani muvaffaqiyatli o‘tkaza olganligi bilan muborakbod etgan bo‘lardik. G‘olib va sovrindorlarni esa tabriklaymiz. Ularni oldida juda muxim turnirlar kutib turibdi. o‘ylaymizki, ular xalqaro arenalarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qila olishadi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!