
O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2022" va "Osiyo kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichiga tayyorgarlik jarayoni rejasiga asosan, noyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
BAAda tashkil etiladigan mazkur yig‘in doirasida terma jamoamiz a’zolari ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Vadim Abramov boshchiligidagi milliy jamoamiz 12 noyabr kuni Suriya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Dubayda o‘tadigan mashg‘ulotlar davomida terma jamoamiz shuningdek, Iroq vakillari bilan kuch sinashadi. Mazkur o‘rtoqlik o‘yini 17 noyabr sanasiga rejalashtirilgan.
Fikrlar