O‘zbekiston kubogining saralash va guruh bosqichiga qur’a tashlandi (to‘liq taqvim)

  • 18 mart, 2021, 21:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining saralash hamda guruh bosqichi uchrashuvlariga qur’a tashlandi. Dastlab, musobaqaning saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

Tecno

photo_2021-03-18_20-45-54

Saralashning birinchi bosqich o‘yinlari 28 mart kuni bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar 4 aprel kuni ikkinchi bosqichda maydonga chiqadi. Ikkita g‘olib jamoa AGMKning Osiyo Chempionlar ligasining saralash bosqichidagi natijasiga qarab uchinchi bosqichda maydonga tushadi. Bu 13 aprelga belgilangan. Agar AGMK Chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘l olsa, O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichiga ikkinchi saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan ikki jamoa yo‘l oladi, mabodo AGMK Chempionlar ligasiga yo‘l ola bilmasa, O‘zbekiston kubogining uchinchi saralash bosqichi orqali yagona yo‘llanma uchun kurash bo‘lib o‘tadi. AGMK Osiyo Chempionlar ligasidagi saralash o‘yinini 7 aprel kuni o‘tkazadi.

Shundan so‘ng kubokning guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Quyida qur’a natijalari va musobaqa taqvimi bilan tanishasiz.

photo_2021-03-18_21-16-23

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!