
"O‘zbekcha futbol" tandemidan bugungi o‘yin haqida fikrlar
Bugun O‘zbekiston Milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs oldidan futbol jamoatchiligi, xususan, jurnalist, bloger va futbolchilarning fikrlari bilan tanishib chiqdik.
SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev
O‘yinlar ikki turga bo‘linadi, muhim va o‘ta muhim. Menimcha, qo‘shnilarimiz bilan mana shunday bahs bizni kutyapti. Sababi, bir necha kun o‘tib Tehronda, "qaynayotgan qozonda" Eron bilan bahs olib boramiz. Bugungi o‘yinda nafaqat engil yutishimiz, balki jarohat va kartochkalardan uzoqda bo‘lishimiz va ko‘p gol urishimiz kerak. Bu ko‘pchilik o‘ylaganidan ancha murakkabroq bahs. Yangi murabbiyni avvalgi uslubdagi debyuti, avvalgi futbolchilarni yangi murabbiy strategiyasi bilan debyuti. Qisqasi, oson bo‘lmaydi. Yigitlarga yaratgandan kuch-qudrat tilab qolaman.
SPORTS.uz jurnalisti Bekzod Isaev
Bugun O‘zbekiston Milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs oldidan futbol jamoatchiligi, xususan, jurnalist, bloger va futbolchilarning fikrlari bilan tanishib chiqdik.
O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvida shak-shubhasiz hamyurtlarimiz juda katta ustunlik bilan favorit. Raqibga pul tomonlama va boshqa narsalar bilan qanchalik motivatsiya berishmasin, umid uchqunlari paydo bo‘lmasin, bu bellashuvda qo‘shnilarimizga juda qiyin bo‘ladi. Sababi, milliy terma jamoamizning ayni paytdagi holati a’lo darajada. Shu bilan birga, termamizning ko‘plab futbolchilari zo‘r formada. Masalan, Eldor Shomurodov ancha vaqtdan buyon "Roma"da super harakat qilib, hattoki, oy futbolchisi sovrinini ham qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, "Manchester Siti"ning nigohi va umidi bo‘lib turgan Abduqodir Husanovning darajasiga gap so‘z bo‘lishi mumkinmas. Nafaqat, ikki legionerimiz balki, qolgan futbolchilar ham yaxshi formada ushbu uchrashuvga etib kelishmoqda. Shu boisdan ham mazkur bahsda imkoniyatlarimiz juda yuqori, deb hisoblayman. Qirg‘iz Respublikasiga qarshi ayrim etakchilarimiz Oston Urunov va Xusniddin Aliqulov balki, Sherzod Nasrullaev maydonga tusha olmasligi mumkin. Biroq biz bo‘lajak uchrashuvda ushbu futbolchilarimizning o‘rnini sezdirmaslikka harakat qilishimiz lozim. Garchi raqib qo‘shnimiz bo‘lishiga qaramay, hurmat saqlagan holda, aytaman: ularning yo‘qligini bilmasligimiz zarur.
Qolaversa, jamoamiz bilan Jahon chempionatiga chiqish uchun bel bog‘lagan ekanmiz, yutishga majburmiz. Shu sababli, ayniqsa, Toshkentdagi barcha o‘yinlarda zafar quchishimiz shart va zarur.
Shu bilan birga, Timur Kapadze boshchiligidagi ilk bellashuv rasmiy o‘yin guvohi bo‘lamiz. Albatta, hech qanday xavotirsiz, yirik, ishonchli muvaffaqiyatga erishishimizni tilab qolaman. Agarda Eronga qarshi o‘yindan avval bitta to‘p farqi bilan havotirli zafar quchadigan bo‘lsak, bu Eron uchun asqatadi. Sababi, forslar har bir uchrashuvdan avval raqibning nimadan qo‘rqayotganini o‘rganib chiqib, shu bo‘yicha tayyorgarlik ko‘radi. Shu sababdan ham bugun vakillarimiz Qirg‘iz Respublikasining darvozasiga qancha ko‘p gol ursa, bu turnir jadvalidagi yaxshilanishdan tashqari, yigitlarimizning kayfiyati ijobiy ta’sir o‘tkazardi. Shuningdek, 25 mart kuni bo‘lib o‘tadigan yana bir olovli bahsdan avval ajoyib natija bo‘lardi. Shuning uchun, Eronga qarshi bahsdan ham ko‘ra, ushbu bellashuvning ahamiyati ulkanroq. Bosh murabbiyning almashgani sababli terma jamoani tanqid qiladigan ayrim muxlislar kutgan natija emas, futbolni haqiqiy, ashaddiy ixlosmandlari kutgan o‘yin va natijani kutib qolamiz.
Fikrlar