
"O‘zbek klasikosi" uchun chiptalar sotuvda!
Xabaringiz bor, 19 aprel shanba kuni O‘zbekiston Superligasi 6-tur doirasida "Neftchi" Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qiladi. Qiziqarli tarzda kechishi kutilayotgan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Chiptalar faqat stadion kassalarida 40 000 so‘mdan belgilangan narxlarda sotiladi. Bu haqda "yo‘lbarslar" matbuoti xabar bermoqda.
"Stadion ma’muriyati futbol bellashuviga stadionning maxsus kassalaridan tashqari harid qilingan qalbaki chiptalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi va qalbaki chipta bilan stadion hududiga kirishga uringan shaxslarga nisbatan qonun doirasida choralar ko‘rilishi bo‘yicha muxlislarni ogohlantiradi.
Chipta sotib olgan tomoshabinlar bir-birlarini chinakam hurmat qilishlari va futbol bahsini chiptada ko‘rsatilgan joyda o‘tirib, tomosha qilishlarini iltimos qilamiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar