O‘zbek futbolchisi Londonning eng qadimiy klubi bilan shartnoma tuzdi

  • 21 iyul, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya chempionatida ishtirok etayotgan yagona o‘zbek futbolchisi hisoblanadi.

Tecno

21 yoshli himoyachi mamlakatning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Manchester Siti”da dunyodagi eng murakkab va nufuzli turnir – Angliya Premer-ligasida o‘ynayotgani uchun har doim muxlisu mutaxassislar e’tiborida.

Futbolga ixtisoslashgan manbalar o‘zbekistonlik yana bir futbolchi  Angliya klubi bilan rasmiy shartnoma imzolagani haqida ma’lumot tarqata boshladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Nodirbek Bobomurodov Londonning eng qadimiy klubi hisoblangan “Krey Uonderers” a’zosiga aylandi. Bu jamoa Angliya chempionatining ettinchi divizionida ishtirok etadi.

165 yillik tarixga ega “Krey Uonderers” London shahrining birinchi futbol jamoasi hisoblanadi. U yoshi jihatidan Germaniyaning “Myunxen-1860” va Angliyaning “Xallam” klublari bilan teng.

Jahonda birinchi futbol klubi ham Angliyada tashkil etilgan. “Sheffild” 1857 yili tuzilgan va eng qadimgi futbol jamoasi sifatida tarixga kirgan. “Krey Uonderers” yoshi jihatidan faqat shu jamoadan orqada xolos.

Nodirbek Bobomurodov – Angliya futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 26 yoshli hamyurtimiz zamonaviy futbol vatanining quyi ligalarida o‘ynab kelmoqda.

Faoliyatini 2018 yili boshlagan Nodirbek shu kunga qadar Angliyaning “Sheppey Yunayted”, “Sout Park”, “Chesxant”, “Korintian-Kas”, “Xangerfond”, “Uerting”, “Kingstonian”, “Chatxem”, “Bognor Regis”, “Littlxempton”, “Tri Bridjes” kabi jamoalarida faoliyat yuritgan.

Bobomurodov 2023 yili O‘zbekistonga qaytib, “Surxon” jamoasi safiga qo‘shilgan edi. Biroq hujumkor futbolchi Surxondaryo klubida o‘zini ko‘rsata olmadi va yarim yildan keyin Angliyaga qaytib ketdi.

Nodirbekning so‘nggi jamoasi Afg‘onistonning “Attak Enerji” klubi bo‘ldi. Bu jamoa bilan o‘tgan yilning oxirida shartnoma imzolagan futbolchimiz Afg‘oniston chempionati kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Biroq jamoa tugatilgani bois, Nodirbek yana ortga qaytdi va bu gal “Krey Uonderers” o‘yinchisiga aylandi.

Nodirbek Bobomurodov o‘ng qanot hujumkor futbolchisi  hisoblanadi. Universal hujumchi qarama-qarshi qanotda va hujumchi ortida ham o‘ynay oladi.

Shomurodov o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga yo‘l ochmoqda!
Turklar Husanov uchun asosiy tarkibga yo‘l ochyapti...

Fayzullaev transferi amalga oshadimi?

“Liverpul” olayotgan “Monstr”ni faqat Husanov to‘xtata oladi!

Tezkor: Fayzullaev transferiga narx belgilandi!

O‘zbek legioneri transferdan norozi fanatlarga zo‘rligini isbotlashi kerak!

Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!