
Osiyo kubogi U-20. Iroq penaltilar seriyasida Yaponiyani mag‘lub etib, ilk finalchiga aylandi
Yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining yarim final o‘yinida Iroq terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuv asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Ekstra-taymlarda tomonlar yana bittadan gol urdi. Penaltilar seriyasida esa omad iroqliklarga kulib boqdi - 5:3.
Shu tariqa, Iroq finalga yo‘l oldi. Endi ular hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘yini g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar