
Osiyo kubogi. Qatar - O‘zbekiston uchrashuviga qancha chipta sotildi?
Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi chorak finali doirasida mezbon mamlakat - Qatar bilan kuch sinashadi. Mazkur uchrashuv uchun chiqarilgan chiptalar deyarli sotib bo‘lindi.
Ushbu bahs 68 895 nafar muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan "Al-Bayt" stadionida o‘tkaziladi va hozirga kelib 200ga yaqin chipta sotuvda qoldi. Qolgan joylar sotib bo‘lindi.
Eslatib o‘tamiz, Qatar - O‘zbekiston bellashuvining starti 3 fevral, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:30da beriladi.
Fikrlar