Osiyo chempionatiga Angliyadan olti futbolchi boradi

  • 24 dekabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar mezbonlik qiladigan Osiyo kubogiga tobora kam vaqt qolmoqda. Angliya futboli ekspertlari 12 yanvardan 10 fevralga qadar davom etadigan qit’a chempionatida Premer-ligadan qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatini aniqladi.

Tecno

Unga ko‘ra, Premer-liganing olti nafar yulduzini Osiyo kubogida ko‘rishimiz mumkin.

Ular orasida eng mashhuri “Tottenxem” to‘purari Son Xyon Min hisoblanadi. Son Janubiy Koreya terma jamoasi safida 116 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 41 marta ishg‘ol qilgan. Koreyaliklar safida kuchli beshlik chempionatlarida nom qozongan Li Kan in (PSJ) va Kim Min Chje (“Bavariya”) kabi yulduzlar bor.

Shuningdek, Angliya Premer-ligasidan eronlik Saman G‘addos (“Brentford”), koreyalik Xvan Xi Chan (“Vulverxepton”),  yaponiyalik Vataru Endo (“Liverpul”), Kaoru Mitoma (“Brayton”) hamda Takexiro Tomiyasu (“Arsenal”) Qatar maydonlarida bo‘ladigan uchrashuvlarda qatnashadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!