O‘runovning “Ufa”ga transferi, maoshi va debyuti haqida

  • 19 avgust, 2021, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oston O‘runovning faoliyatiga oydinlik kiritdi. Yaqingacha o‘yin amaliyotisiz qolib ketishi mumkin bo‘lgan hamyurtimiz o‘ziga imkon bermagan “Spartak”dan sobiq jamoasi “Ufa”ga o‘tgani rasman tasdiqlandi.

Tecno

Legionerimiz tibbiy ko‘rikdan muvaffaqtyali o‘tganidan keyin ufaliklar 20 yoshli yarim himoyachi bilan bir yillik ijara shartnomasini imzoladi.  “Spartak” bilan kelishuvga ko‘ra, ular kelasi yozda O‘runovning transfer huquqini to‘liq sotib olishi mumkin.

53b9a3f1c7b8287c

Oston O‘runovning Rossiya futboliga kirishida asosiy rolni o‘ylagan “Ufa” bosh direktori Shamil Gazizov jamoasining yangi legioneri transferi bo‘yicha ayrim ma’lumotlarni ochiqladi.

- Biz “Spartak” bilan kelishuvga erishdik, ular O‘runovni transfer qilish huquqi bilan bizga ijaraga beradigan bo‘ldi. Oldimizda ikki xil imkoniyat turibdi:  ayrim shartlar asosida O‘runovni sotib olish majburiyati va ixtiyoriy transfer qilish huquqi. Uni transfer qilish majburiyati futbolchining jamoada muayyan miqdorda o‘yin o‘tkazganida kuchga kiradi. Lekin aynan nechta o‘yin ekanini ochiqlashni istamayman, - dedi Shamil Gazizov.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Ufa” mavsum oxirida Oston O‘runovni 1 million evro evaziga to‘liq sotib olishi mumkin.Bundan tashqari, jurnalistlarning aniqlashicha, o‘zbek futbolchisi premer-liga uchrashuvlarining 50 foizida qatnashsa, "UUfa"ga uni to‘liq sotib olish majburiyati yuklanadi. 

Shuningdek, “Ufa” bosh direktori ko‘pchilikni qiziqtirgan masala – shartnomaning moliyaviy tomonlari haqida ham gapirdi.

- Xuddi bahorda bo‘lgani kabi Oston O‘runovning “Ufa”dagi maoshi “Spartak”da olganidan farq qiladi. Summani aniq aytmayman, lekin bizdagi maoshini “Spartak”dagi bilan solishtirib bo‘lmaydi. Oston O‘runov “Ufa”da boshqa shartlar asosida o‘ynashga rozilik berdi.

Vaziyat biz uchun juda qulay. Muzokaralar odatdagidek o‘tdi. Bir oy muqaddam urinishlarimiz zoe ketgan edi, biro bu gal masala juda tez hal bo‘ldi, - dedi Shamil Gazizov.

2db112b5_9c60_4725_a034_e8b6b340de55_jpg_crop1596687208_ejw_1142

Ma’lumki, o‘tgan yili “Spartak” Oston O‘runov bilan 2025 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolangani va unga ko‘ra o‘zbekistonlik yarim himoyachi yiliga taxminan 600 ming evro maosh olishi aytilgandi.

Bundan tashqari, yozda Oston O‘runovga Vengriyaning eng kuchli klublaridan “Ferentsvarosh” xaridor bo‘lgan edi. Biroq, hamyurtimizning manfaatlarini himoya qilayotgan mutaxassislar va Oston O‘runov vengriyalik va’da qilgan maoshni kam sanab, bu transferga rad javobini bergani haqida ham xabarlar tarqatilgan.

Bu Oston O‘runovning “Ufa”ga uchinchi bor kelishi. Dastlabki, 2020 yilning fevralida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan ufaliklar safiga qo‘shilgan yosh futbolchimiz kreativ o‘yini bilan grandlar klublar e’tiborini qozondi. O‘tgan mavsumning ikki yarmida “Spartak”dan ijaraga olinganidan keyin Oston “Ufa”da ham kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmadi. Bunga ko‘p jihatdan “Spartak”ga o‘tganidan beri davom etib kelgan jarohatlar ham ta’sir qildi.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili premer-ligadagi joyini bazo‘r saqlab qolgan “Ufa” yangi mavsumda ham quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurashadigan ko‘rinadi. Hozircha,  Aleksey Stukalov shogirdlari to‘rtta uchrashuvdan bittasida zafar quchdi va bir bor durang o‘ynab, to‘rt ochko bilan 11-pog‘onada qayd etilgan.

1573887640_0_0_1557_876_600x0_80_0_0_4f665226e85c2ca92887015c86c21dca

“Ufa” 21 avgustga belgilangan beshinchi tur bahsida o‘z maydonida amaldagi chempion “Zenit”ni qabul qiladi va Oston O‘runov yangi jamoasi safida aynan mana shu uchrashuvda debyut qilishi kutilmoqda.

O‘runov maydonga qaytmoqda. U tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!