O‘runovning transfer narxi aniq bo‘ldi

  • 19 avgust, 2021, 08:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” yarim himoyachisi Oston O‘runov mavsumni ijara asosida “Ufa” o‘tkazishga tayyor ekani va hamyurtimiz tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Tomonlar o‘tkazgan muzokaralardan so‘ng, ufaliklar 20 yoshli futbolchini mavsum oxirida to‘liq transfer qilish borasida ham  kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, “Ufa” joriy chempionat yakunlanganidan keyin O‘runovni bir million evro evaziga sotib olish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘tgan mavsum oxirida ham ufaliklar O‘runovni to‘liq qaytarish uchun bir million evro taklif qilib, moskvaliklardan rad javobini olgan edi.

Oston O‘runovning “Ufa”ga transferi rasman bugun e’lon qilinishi kutilmoqda.

O‘runov maydonga qaytmoqda. U tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
19/08/2021 08:50
Hursandmiz sen uchun shu bilan cheklanib qolma o‘z ustingda ishlashing kerak kelajakda Uzb terma jamoamiz matori sen bo‘lishing kerak harakat qil kuchli 5 lik chempionatiga o‘tishing kerak harakatda to‘htama