O‘runov muxlislariga xushxabar!

  • 7 noyabr, 2021, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futbolida birdan porlagan Oston O‘runov so‘nggi bir yil ichida ancha murakkab kunlarni boshdan o‘tkazganidan hammamiz xabardormiz. Yosh futbolchimizni birdaniga yulduz darajasiga chiqarib qo‘ygan “Spartak” transferi amalda o‘ta muvaffaqiyatsiz tanlov bo‘lib chiqdi.

Tecno

2020 yilning boshida rus zaminiga qadam bosgan O‘runov yarim mavsum davomida kreativ o‘yin uslubi, kurashuvchanligi, kutilmagan qarorlari va maydonda qo‘rqmay harakat qilishi orqali ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi. Uni olishni istagan jamoalar soni birdaniga ko‘payib ketdi.

18058979_192_216_1744_1089_1920x0_80_0_0_a4aefa78f20afba9e43dc3423e4bdf54

O‘tgan yilning yozgi transferlar oynasi Oston uchun tom ma’noda burilish nuqtasi bo‘ldi. Lekin “Spartak” transferi O‘runovni hamma kutganidek ijobiy tomonga emas, balki yosh yigitning boshiga ko‘p tashvishlarni solgan, irodasi va sabr-toqatini sinagan qorong‘ulik tarafiga etakladi.

Balki, O‘runov yosh futbolchilarga katta yo‘l ochib berishda ulkan tajribaga ega bo‘lgan TsSKA, “Rubin” yoki “Zenit”ga o‘tganida ham yuqori darajada o‘ynab ketish imkoniga ega bo‘lishi mumkin edi. Lekin “Spartak”da  unday bo‘lmadi.  

“Spartak” har doim murakkab jamoa bo‘lgan va hozir ham vaziyat o‘zgargani yo‘q. Chempionlikni da’vo qilib kelayotgan poytaxtning bu jamoasini rossiyalik, germaniyalik, portugaliyalik murabbiylar ham muvaffaqiyat sari etaklay olgani yo‘q.

Tan olish kerakki, Oston O‘runovni “Spartak”ga o‘tishida bosh rolni o‘ynagan Shamil Gazizov qiyin ahvolda qolib ketgan shogirdini tashlab qo‘ygani yo‘q. O‘zi ortidan Ostonni ham “Ufa”ga olib kelish yo‘lini topdi.

6f527e6a635cfacc2b7303b7c170d170

O‘runov ham irodali yigit ekan. Ko‘p tanqidlar va turli darajadagi bosimlarga parvo qilmadi. Jimgina yana imkoni kelishini kutdi. Mana o‘sha damlar keldi. Ham psixologik, ham jismoniy jarohatlaridan qutildi. Oston O‘runov jarohatidan forig‘ bo‘lganidan keyin “Ufa” tarkibidagi ilk uchrashuvini 17 oktyabrda “Krasnodar”ga qarshi o‘tkazdi va jamoasining kuchli klubdan bir ochko olishiga hissa qo‘shdi.

Keyin futbolchimiz ketma-ket uchta uchrashuvni ilk daqiqalardan boshladi. Oston o‘ynayotgan o‘yinlarda ufaliklar mag‘lubiyatsiz seriyasini to‘rtta uchrashuvga etkazdi. Ular “Axmat”ni engib, “Rubin” va “Arsenal” bilan ochko bo‘lishdi. Natijada jamoa xavfli hududni tark etdi va premer-ligada jon saqlab qolishiga umid paydo bo‘ldi.  

Mutaxassislar Oston O‘runov ichki raqobatda rossiyalik yarim himoyachi Vladislam Kamilovni asosiy tarkibdan siqib chiqarganiga alohida e’tibor qaratmoqda. Oston raqib futbolchilarini aldab o‘tish va hujumchilarga qulay pas oshirish borasida qisqa fursatda jamoa etakchisiga aylandi.

Tulada “Arsenal”ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi o‘yinda legionerimiz olti marta raqib futbolchilarini aldab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Qizig‘i, “Arsenal”ning barcha o‘yinchilari birgalikda 7 marta aldamchi harakatlardan unumli foydalana oldi xolos.

Mutaxassislar Oston O‘runov avvalgi darajasiga ko‘tarila boshlaganini va haqli ravishda boshlang‘ich tarkibdan joy olayotganini ta’kidlamoqda. “Ufa” murabbiylari ham futbolchimizning erkin harakat qilishiga yo‘l qo‘yib beryapti va uni jamoaning kreativligiga mas’ul qilib tayinlashgan.

O‘runov o‘ynagan uchrashuvlarda “Ufa”ning hujumi sezilarli darajada tezlashayotgani e’tirof etilyapti. Endi hamyurtimiz barqarorlikni yo‘lga qo‘yib olsa, yana avvalgidek porlaydi.

2db112b5_9c60_4725_a034_e8b6b340de55_jpg_crop1596687208_ejw_1142

Biz Oston O‘runovga muvaffaqiyat tilagan holda, tez orada uning O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qaytishiga umid qilamiz.

Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shavkat Pardaev
07/11/2021 11:55
Остонга фақат омад тилаймиз.