
O‘runov jamoasini "Real" va "Liverpul" sobiq ustozi boshqarishi mumkin
Portugaliyalik Leonardu Jardim va ispaniyalik Rafael Benites "Spartak" boshqaruviga kelishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Shira xabariga ko‘ra, moskvaliklar, oldinroq, "Sassuolo" ustozi Roberto de Zerbini olib kelishmoqchi edi, biroq italiyalik mutaxassis ularning taklifini rad etdi.
Benites ayni damda Xitoyning "Dalyan Ifan" klubini boshqarib kelmoqda. 60 yoshli murabbiy faoliyati davomida "Real", "Napoli", "Chelsi" va "Liverpul" kabi klublarda ishlagan. 46 yoshli Jardim 2019 yil "Monako"dan iste’foga chiqarilganidan so‘ng erkin agent maqomida qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni Domeniko Tedesko "Spartak" bilan amaldagi shartnomani uzaytirmasligi haqida aytib o‘tgan, keyinroq klub matbuot xizmati murabbiyning so‘zlarini tasdiqlagan edi.
Fikrlar