"Ordabasi" safarda jangovar durangga imzo chekdi, Abdumajidovdan assist (video)
Qozog‘iston chempionati 24-turidan o‘rin olgan "Aksu" - "Ordabasi" uchrashuvida tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
E’tiborlisi, Odilbek Abdumajidov mehmonlarning ikkinchi goliga assistentlik vazifasini bajardi. Yakunda bu gol tufayli jamoa 1 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Legionerlarimizdan Abdumajidov to‘liq o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Shahboz Umarov bellashuvda ishtirok eta olmadi.



Fikrlar