
Oq Uydagi UFC turniri haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Oq Uy hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan UFC ning tarixiy turniriga oid yangiliklar paydo bo‘la boshladi. Bu haqda "Red Corner MMA" nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, janglar uchun oktagon Oq Uy janubiy maysazoriga o‘rnatilishi belgilangan. Sportchilar jangoldi mashg‘ulotlarini esa Oq Uy ichida o‘tkazishadi. Vazn o‘lchash marosimi mashhur Linkoln yodgorligi yonida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, milliy bog‘ — "National Mall" hududida muxlislar uchun maxsus tadbirlar, yoritish shoulari va salyutlar tashkil etilishi kutilmoqda.
UFC prezidenti Dana Uayt barcha logistik qiyinchiliklarga qaramay, mazkur tarixiy jang kechasini o‘tkazishga bel bog‘lagan. Mashhur jangchilar — Jon Jons va Konor Makgregor ham ushbu musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan.
Fikrlar