Onanani ispan klubi ijaraga olmoqchi

  • 26 avgust, 14:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kamerunlik darvozabon Andre Onana hozirgi jamoasi "Manchester Yunayted"ni tark etib, faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Indykaila nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli posbon xizmatiga Sevilyaning "Betis" klubi qiziqish bildirmoqda. Andalusiyaliklar futbolchini 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Hozirda, Andrening transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.

O‘tgan mavsumda Onana "qizil iblislar" safida 50 ta o‘yinda ishtirok etgan. Afrikalik futbolchi 65 ta gol o‘tkazib yubordi va 11 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Darvozabonning "Manchester Yunayted" bilan mehnat shartnomasi muddati 2028 yilning yozida tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!