
Og‘ir atletika. U15 O‘zbekiston chempionatida kuchlilar aniqlanmoqda
Xabar berganimizdek, Chirchiq shahrida kichik o‘smirlar o‘rtasida (U15) O‘zbekiston chempionati start oldi. Qayd etish lozimki, bu galgi mamlakat birinchiligida 300 nafardan ortiq yosh polvonlar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Bugun musobaqa dasturida qizlar o‘rtasida -49 kg vazn toifasida, o‘g‘il bolalar o‘rtasida esa -49 hamda -55 kg vazn toifalarida bahslar o‘tkazildi.
Quyida ikkikurash natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tamiz:
-49 kg (o‘g‘il bolalar)
Oltin - Nurislom G‘ufurjanov - 175 kg (Namangan v.)
Kumush - Alisher Muinov - 173 kg (Buxoro v.)
Bronza - Abdullo Abdurahimov - 167 kg (Namangan OPSTTM)
-55 kg (o‘g‘il bolalar)
Oltin - Toxir Turopov - 191 kg (Termiz OPSTTM)
Kumush - Og‘abek Ismoilov - 182 kg (Samarqand v.)
Bronza - Ramazan Bazarbaev - 182 kg (Nukus OPSTTM)
-49 kg (qiz bolalar)
Oltin - Sarvara Tilavova - 136 kg (Navoiy OPSTTM)
Kumush - Mushtariy Uralova - 132 kg (Toshkent v.)
Bronza - Munisa Boltaeva - 125 kg (Xorazm v.)
Fikrlar