OFK hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • 6 iyul, 2023, 14:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuala Lumpur shahrida OFK Hakamlar qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi. Yig‘ilishda qo‘mita a’zolari, xususan, O‘FA birinchi vitse-prezidenti, OFK Hakamlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ravshan Irmatov ham ishtirok etdi.

Tecno

Qayd etilishicha, unda Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan va jahon standartlariga asoslangan Osiyoning hakamlik tamoyillari yana bir bor tasdiqlandi. Hani Taleb Al Raisi boshchiligida Qo‘mita “AFC Video Match Officials” rasmiylari guruhini tashkil etishni ma’qulladi. Ushbu guruhga OFK musobaqalaridagi hakamlarning faoliyatini yanada jiddiyroq va aniqroq baholashni ta’minlash vazifasi yuklanadi.

Shuningdek, qo‘mita a’zolariga OFKga a’zo assotsiatsiyalarning 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan xalqaro hakamlar kvotalari hamda OFKning 2023-2027-yil uchun hakamlarni tayinlash bo‘yicha quyi qo‘mitasi a’zolari haqida ham ma’lumot berildi. Yaqinlashib kelayotgan Osiyo chempionatiga hakamlarning tayyorgarlik rejalari ham muhokama qilindi.

O‘tgan yilning oktyabr oyidan boshlab OFK rasmiylari 2022-yilda Marokashda o‘tgan Klublar o‘rtasidagi JCh, 2022-yilda Hindistonda bo‘lib o‘tgan U-17 ayollar o‘rtasidagi JCh hamda Qatarda bo‘lib o‘tgan JChning hal qiluvchi uchrashuvlariga tayinlov olishgan.

OFK hakamlar akademiyasi, “AFC Refereeing STAR” dasturi, OFK a’zo assotsiatsiyalari hakamlik boshqaruvi loyihasi bilan bir qatorda o‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab Osiyo hakamlari uchun ko‘plab seminarlar tashkil etildi. Qo‘mita onlayn murabbiylik mashg‘ulotlarining ta’sirini ham yuqori baholadi, 2022-yilda joriy etilganidan beri a’zo assotsiatsiyalar uchun 107 ta virtual murabbiylik sessiyalari o‘tkazildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!