
OChLda bizga armon bo‘layotgan bosqich juftliklari ma’lum
Xabaringiz bor, Osiyo chempionlar ligasida guruh bosqich o‘yinlari yakunlandi. Bir tur avval "Lokomotiv"ning pley-offga chiqa olmasligi aniq bo‘lgandi. Shu bois barcha "Paxtakor"ga umid ko‘zlari bilan qaradi. Ammo "sherlar" ham hamshaharidan ortiq joyi yo‘qligini ko‘rsatishdi.
Yana ham yomon tomoni shundaki, "Al Vasl" o‘z maydonida "Al Zavraa"ga 5:1 hisobida yatqazdi. Bu esa Iroq jamoasi ham guruhdan chiqa olmadi. Biroq, ularning g‘alabasi o‘zbek klublarining kelasi mavsumlardagi kvotasini 1+2dan 1+1ga kamaytirdi. Mana bunisi fojea.
Endi faqatgina Odil Ahmedov to‘p tepayotgan "Shanxay SIPG"ning o‘yinlari bilan ovunamiz.
Ma’lumot o‘rnida, guruh bosqichidan o‘rin olgan bitta bellashuv qolgan xolos. Unda "Zob Ohan" Dohada 29 may kuni "Al Nasr"ni qabul qiladi.
Nimchorak final juftliklari:
"Zob Ohan" / "Al Nassr" - Al Vahda
Al Ittihod - "Zob Ohan" / "Al Nassr"
Al Duhayl - Al Sadd
Al Ahli - Al Hilol
Kasima - Xirosima
Guanchjou Evergrand - Shandun Lunen
Urava - Ulsan
Shanxay SIPG - Chonbuk Motors
G‘arb mintaqasidagi 1/8 finalning birinchi o‘yinlari 5-6 avgust, javob bahslari 12-13 avgustda o‘tkazilsa, sharqdagi ilk bellashuvlar 18-19 iyun, javob uchrashuvlari 25-26 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar
OCHL biz uchun tugadi bildik.
Endi faqat negativ emas pozitiv maqolalar xam yozing.
Cho'kkan ko'ngilni battar tepkilagandan foyda yo'q.
Bu mavsum erta yakunlangan bo'lsa xam pozitiv momentlar ko'p bo'ldi.
-Paxtakorning saralashdan Negredo jamoasidan ishonchli o'tishi
-Xojiakbar Alijonovning porlab chiqishi
-Masharipovning "akrobatik" goli
-Bikmaevning jarimasi
-Xavining kelishi va OCHLdagi barcha gollarini aynan bizga urgani))
-AGMKning xalqaro debyuti.....
Yozaman desa te'ma ko'p,xadeb asabbuzar maqolalardan foyda yo'q.
Klublarimizni bori shu,shularni boricha yaxshi ko'ramiz,muxlislik qilamiz.
Klublarimizni maqtab xam turing iltimos.
Faqat uch to'rt kotta klublarga emas barcha klublarga aloxida yondoshib xar xafta bir klub xaqida reality-maqola tayyorlab tursela ma'qul ish bo'lardi dib o'yliman.
Nega ula guruxdan chiqishmiyotti?
Balki xamma gap qarg'ishda emas shunchaki maxorat yo'qligidadur?