"Nyukasl"da gruziyalik yosh hujumchini kutishyapti

  • 25 avgust, 19:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" tez orada yangi futbolchiga ega bo‘ladi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Tecno

Klubga gruziyalik hujumchi Vaxtang Saliyaning kelishi kutilmoqda. Yosh futbolchi o‘tgan kuzda ingliz klubi bilan shartnoma imzolagan edi. O‘sha paytda Saliya 18 yoshga to‘lgach, "Nyukasl" uchun to‘laqonli o‘ynay olishi aytilgandi.

Hujumchi mazkur belgilangan yoshga 30 avgust kuni to‘ladi. Gruziyalik futbolchi allaqachon Tbilisining "Dinamo" jamoasi o‘yinchilari va muxlislari bilan xayrlashib bo‘ldi.

Saliya o‘tgan mavsumda gruziya klubi safida 22 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, forvardning narxi 800 ming evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!