Niko Kovach: Perishichning Myunxenga kelganini tasdiqlayman

  • 13 avgust, 2019, 11:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach myunxenliklar chindan ham "Inter" vingeri Ivan Perishichning transferi borasida ish olib borishayotganini tasdiqladi.

Tecno

“Men uning Myunxenda bo‘lganini tasdiqlashim mumkin. Uning yoshi? Biz bunga e’tibor berishni to‘xtatishimiz kerak. Effenberg ham “Bavariya”ga 30 yoshida kelgan. Ammo, keyinchalik jamoani Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan”, - deydi xorvatiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Bavariya” “Inter” bilan Perishichni 5 mln evro evaziga 1 yilga ijaraga olish masalasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta’kidlash kerakki, u ayni damda Myunxenda tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!