Neymarning “Navbahor” o‘yinchisiga qilgan qilig‘i muhokamaga sabab bo‘ldi (foto)

  • 19 sentabr, 2023, 08:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futboli yulduzi Neymar yangi jamoasi – “Al-Hilol” safida Osiyo Chempionlar ligasidagi debyutini o‘tkazdi. Neymarning Osiyo maydonlaridagi dastlabki raqibi “Navbahor” bo‘ldi.

Tecno

Braziliyalik yulduz etakchiligida harakat qilgan saudiyaliklar mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutilib qoldi. “Navbahor” legioneri Toma Tabatadze 52-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, mezbonlar o‘yindagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan vaqtning 10-daqiqasida javob to‘pini kiritdi.

Xorij matbuoti Neymarning hurmacha qiliqlari Osiyoda ham davom etayotganiga e’tibor qaratdi. 31 yoshli futbolchi uchrashuv chg‘ida “Navbahor” futbolchisini turtib yiqitdi va yotgan raqibga to‘p bilan zarba berdi.

16950759752071045251

Hakam bu vaziyatda saudiyaliklar yulduziga faqat ogohlantirish berish bilan cheklandi. Ayrim nashrlar bu holat qizilga tortishini bildiryapti.

Neymar “Al-Hilol” 2025 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega. Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra, hamkorlikni yana bir mavsum uzaytirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
19/09/2023 11:57
Неймар бу киликлари билан албатта кизил карточка олади
&
Бахромжон Турсунов
19/09/2023 08:51
Хали кўради раччўт қилади.