
Neymar yoki Mbappe? "Real" kimni sotib olishi kerak?
Braziliya terma jamoasi va "Real" klubi sobiq hujumchisi Ronaldo “Qirollik klubi” uchun Neymar va Kilian Mbappedan qay birini sotib olishi manfaatli ekani haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Ayni damda ularning biri ikkinchisidan kuchliroq, deb ayta olmaymiz. Agar “Real” katta transferga qo‘l urishni istasa, u holda birinchi navbatda futbolchining kelajagi haqida o‘ylashi lozim. Neymar 28, Mbappe 22 yoshda. Nisbatan yoshroq futbolchiga pul sarflagan yaxshiroq”, - deydi Ronaldo.
Bugun ushbu ikki futbolchi PSJ safida “Bavariya”ga qarshi bo‘ladigan EChL final bahsida maydonga tushadi.
Fikrlar