
Neymar yana jarohat oldi
PSJ klubi va Braziliya terma jamoasi forvardi Neymar mashg‘ulotlar paytida jarohat oldi. Bu haqda Globo Esporte nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli futbolchi tizzasidan jarohat olgan va shu bois mashg‘ulotlarni davom ettira olmagan. Hozircha uning jarohati qay darajada ekani va qachon safga qaytishi borasida ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 14 iyundan Braziliyada navbatdagi Amerika kubogi musobaqasi start oladi. Mezbonlar esa Boliviya, Peru va Venesuela terma jamoalari bilan bir guruhda kurash olib borishadi.
Fikrlar