Neymar “Barsa”ga qaytarishni so‘radi. Kataloniyaliklar nega qo‘rqib ketdi?

  • 27 avgust, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yili yozda mo‘may daromad ilinjida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgan futbolchilar orasida Neymar ham bor.

Tecno

Biroq  braziliyalik yulduz katta maosh to‘layotgan “Al-Hilol”ga etarli darajada yordam bera olmadi. Beshta uchrashuvda qatnashgan Neymar o‘tgan yili kuzda Braziliya terma jamoasidagi o‘yinda og‘ir jarohat olgan va hali ham maydonga qaytgani yo‘q.

Jurnalist Xerard Romeroning aytishicha, Neymar yozgi transferlar davrida “Barselona”ga qaytish istagini bildirgan va agentlari orqali kataloniyaliklarga o‘z xizmatini taklif qilgan.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” bu transferni rad qilgan. Kataloniya klubi rahbariyati Neymarning og‘ir jarohat olganidan qo‘rqqan.

Bundan tashqari, kataloniyaliklar Neymarning maoshini ko‘tara olmasligi ham ma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!