
"Neftchi"ning qarzdorlik masalasida kichik surishtiruv!
SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev "Neftchi"ning qarzdorlik masalasida kichik surishtiruv olib bordi.
"Farg‘onaliklarni o‘tgan mavsum "Neftchi" sharafini himoya qilgan Nikabadze, Mrchela va Arabuli oldida qarzi bor, ammo bu katta summa emas.
Ma’lumotlarimizga qaraganda, jamoa bu futbolchilarga ikki oy uchun maosh to‘lamagan xolos.
Legionerlar bilan klub kontaktni yo‘qotmagan. Ular qolgan ikki oylik maoshini olishi bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qilishga "Neftchi" bilan kelishib olgan.
Katta extimol bilan bu xolat ortiqcha asabbuzarliklarsiz hal etiladi. "Neftchi" yil davomida yig‘ilgan barcha qarzlarini qisqa muddatda katta qismini (mukofot pullari bilan) to‘lab bo‘lgan.
Jamoani futbolchilari oldida qarzi yo‘q emas, ammo bu pullar klub tomonidan to‘lab berilishi futbolchilarda xech qanday shubxa uyg‘otmagan", - deyiladi xabarda.
Fikrlar