
"Neftchi" klubi 5 futbolchini Ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi
Botirali Ergashev, Jasur Jaloliddinov, Javohir Qahramonov hamda Jaloliddin Jumaboev farg‘onaliklar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
So‘nggi mavsumlarni "Paxtakor" tarkibida o‘tgan Sanjar Quvvatov esa vodiyliklar bilan bir yillik kelishuvga erishdi.
Shuningdek, Muxsinjon Ubaydullaev, Akbar To‘raev va Mirzohid G‘ofurov bilan bir yilga, Anvarjon G‘ofurov, G‘ulom Haydar Gulyamov va Asror Kenjaev bilan ikki, Muhammadali Xolmatov hamda Doniyor Valiev bilan esa kelishuv uch yilga uzaytirildi.
Izoh: Ushbu futbolchilar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi qarori chiqishidan avval Liga ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Fikrlar