"Navbahor"ning o‘yini muxlislarsiz o‘tishi mumkin

  • 1 aprel, 2021, 17:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol associaciyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tecno

Superliga 3-turi doirasidagi “Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvining 51-daqiqasida “Navbahor” muxlislari o‘z noroziligini qo‘pol tarzda namoyish etib, “Nasaf” futbolchilari va bosh hakam tomon maydonga turli buyumlar uloqtirgan. Shu sababli “Navbahor Lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi va agar bunday holat yana takrorlansa, klub uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazishi bo‘yicha ogohlantirildi.

Shuningdek, U-21 Birinchiligi 2-turi doirasida “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvining 16-daqiqasida “Qizilqum” futbolchisi Shahzod Turopov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va unga jarima intizom chorasi qo‘llanildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!