"Navbahor"da ko‘rikdan o‘tayotgan legionerlar Kanchelskisga ma’qul kelmadi va ...

  • 23 yanvar, 2020, 14:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Navbahor”da bir qator xorijlik futbolchilar ko‘rikdan o‘tishayotgandi. Shuningdek, ular safiga 21 yanvar kuni misrlik hujumchi ham qo‘shilgandi.

Tecno

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirayotgan “lochinlar” 22 yanvar kuni Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi. Qo‘qonliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga etgan mazkur nazorat-sinov bahsida “Navbahor” ustozi Andrey Kanchelskis legionerlarni maydonga tushirib, yana bir marta ularni sinovdan o‘tkazdi. Ushbu o‘rtoklik uchrashuvidan so‘ng, Kanchelskis barcha xorijlik futbolchilarga javob berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Demak, jamoa ko‘rigida bo‘lgan xorvatiyalik Vilim Posinkovich, rossiyalik  Artyom Sherbak, turkmanistonlik Vaxit Orazsaxedov va misrlik Mustafo Afroto “Navbahor” qarorgohini tark etishdi.

Namanganliklarning 25 yanvardan Turkiyada boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga esa bir qator top-legionerlarning qo‘shilishlari kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
23/01/2020 17:26
КЕЛДИ КЕТДИ ДАВОМ ЭТАДИ
&
Фк сурхон
23/01/2020 15:16
Тӯғири қипти лекин