
"Nasaf"ning yirik hisobdagi g‘alabasidan keyin Ro‘ziqul Berdiev qanday munosabat bildirdi?
“Nasaf” klubi o‘z maydonida “Bunyodkor”ni 5:0 hisobida tor-mor keltirdi. Mazkur uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bu g‘alaba barchamizni xursand qildi, muxlislarimizni tabriklayman. “Bunyodkor”ni o‘rgandik va qaysi joylarida bo‘sh hududlar bo‘lishini bilardik. Yigitlarga o‘sha chiziqlaridan tezkor harakatlanishni tayinladik. Futbolchilarimiz ko‘rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi va yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirdik. Albatta, “Bunyodkor” jamoasini qanchalik kuchli ekanligini yaxshi bilamiz. Lekin bugungi o‘yinda ko‘rinib turgandiki, tayyorgarligimiz ancha yuqori edi. Shu bois ishonchli g‘alabaga erishdik.
Birinchi bo‘limda To‘raevga ikkinchi sariq kartochka berish kerak deb asabiylashdim. Chunki o‘shanda rostdan sariq kartochkaga tortadigan vaziyat edi. Lekin hakamlarni bunday vaziyatlarda o‘z qarashi bor. Asosiysi, chiroyli g‘alabaga erishdik. Muxlislarni xursand qilganimizdan barchamiz mamnunmiz, - deya fikrini yakunladi, Berdiev.
Fikrlar