"Nasaf" - "Paxtakor" o‘yinida kim g‘olib chiqadi? SPORTS.uz sayti jurnalistlarining taxmini sizni hayron qoldirishi aniq!

  • 14 avgust, 2023, 17:42
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Superliganing 11-turdan qoldirilgan o‘yindagi "Nasaf" - "Paxtakor" o‘rtasidagi bahs oldidan SPORTS.uz sayti jurnalistlarining fikri bilan qiziqdik. Superliga oltin medallari taqdiriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan bahs borasida saytimiz jurnalistlari o‘z taxminlarini bildirdi.

Tecno

Bekzod Isaev: "Nasaf" qiyinchilik bilan g‘alaba qozonadi.

“Nasaf” 11-turdan qoldirilgan o‘yinda “Paxtakor”ni qabul qiladi. Bu uchrashuvni keyinroqqa surish uchun toshkentliklar murojaat qilgandi. Bunga sabab tarkibdagi bir nechta yosh futbolchilarning yo‘qligi edi. Endi esa “Paxtakor” undan ham katta yo‘qotish bilan Qarshiga bormoqda. Dragan Cheran sariq kartochkalari to‘planib qolgani uchun mazkur qarama-qarshilikni o‘tkazib yuboradi.

Uzoqqa bormaylik, kubok bahsida Cheransiz “Paxtakor” qanday bo‘lishini ko‘rdik. Cheran bor “Paxtakor”, albatta, kuchli. Lekin muhim uchrashuvda “sherlar” asosiy qurolisiz va hujumdagi bog‘lovchi futbolchisisiz qolmoqda. Bu esa Draganga bog‘lanib qolgan “Paxtakor”ga minus bo‘ladi.

To‘g‘ri, “Nasaf” ham juda zo‘r formada emas. “Ajdarlar” stabil o‘yin namoyish eta olmayapti. Yutgan o‘yinida ham qiyinchilikka uchramoqda. Lekin qarshiliklarning yutuq tomonlaridan biri yangi futbolchilari jamoaga moslashib bormoqda, gol ham urdi. “Paxtakor” borasida bunday deya olmaymiz. Yangilarga imkoniyat deyarli berilmagani, tarkibda yo‘qotishlar o‘rnini ular qanday to‘ldirishi mumkinligini Shatskixning o‘zi ham aniq ayta olmaydi. Shuning uchun bu o‘yinda “Nasaf” qisman ustunlikka erishsa kerak. Superkubok esa boshqa masala va unga alohida to‘xtalamiz…

4osh3sheo34sheo

Jaloliddin Qobiljonov: O‘yinda durang bo‘ladi

"Paxtakor" uchun qo‘rqinchli avgust davom etadi. Samarqand va Toshkentdagi mag‘lubiyat ortidan Namanganda g‘alaba. Menimcha, bu safar durang bo‘lsa kerak. Agar "sherlar" g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, chemponlik uchun kurashda yaqqol ajralib chiqadi. "Nasaf" ligada intrigani oxirgi turlargacha qolishini ta’minlasa kerak.

Azamat Umarov: "Nasaf" sezmay o‘tib ketadi

Bu o‘yin "Nasaf" uchun juda muhim. Jamoa hozir yaxshi formada. "Paxtakor"da esa muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Qo‘shimchasiga, "sherlar"ning asosiy etakchisi ham Qarshidagi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. "Nasaf" esa sekin-asta formaga kirishni boshlayapti. Katta ehtimol bu o‘yinda maydon egalari ortiqcha qarshilikka uchramay g‘alaba qozonadi.lщtsylaщtsulats

Shohrux Zoirov: "Paxtakor" g‘alaba qozonadi

"Nasaf" o‘z maydonida o‘ynayotgani va Cheranning yo‘qligi "ajdarlar" uchun plyusga ishlashi tabiiy. Biroq "Paxtakor" Namangandagi o‘yinda qozonilgan g‘alabadan so‘ng yaxshi kayfiyatda. Qolaversa, klub qiyin o‘yinlarda bor e’tiborini g‘alaba qozonishga qaratadi. Boisi, Shatskix shogirdlari bu bahsdagi g‘alaba evaziga peshqadamlikni mustahkamlab oladi va "Nasaf"ni etakchilardan uzoqlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Bu esa "sherlar"ga qo‘shimcha motivatsiya beradi. Shuningdek, qarshiliklar safida hujumchilarning passiv ekani ham o‘yin natijasiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin!

Oybek Yo‘ldoshev: "Paxtakor" Qarshida mag‘lub bo‘ladi

Qo‘rqinchli avgustda ketma-ket grandlar bilan o‘ynayotgan "Paxtakor" Qarshida mag‘lub bo‘ladi. Cheranning "sherlar"ga yordam bera olmasligi katta yo‘qotish!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev: Nursiz durang bilan yakun topadi

Tashqaridan qaraganda, "Nasaf"da "Paxtakor"ga nisbatan muammo kamroqdek ko‘rinishi mumkin, ammo "sherlar"da bo‘lgani kabi "Nasaf"da ham sezilarli yo‘qotishlar bor. Sherzod Nasrullaev bir oyog‘i bilan boshqa jamoada bo‘lsa, Turkiyaga yo‘l olgan Husniddin Aliqulovning 3 himoyachili sxemadagi taktik o‘rnini berkitish ham birdaniga sodir bo‘lmaydi. Bu jamoalar ko‘p o‘tmay, O‘zbekiston Superkubogida uchrashishini ham inobatga olsak, murabbiylar o‘rtasidagi taktik jang zerikarli (0:0) o‘yinga sabab bo‘lishining ehtimoli yuqori.

3щl4p3lщp

Javohir Azimov: Jangovor bahsda g‘olib nomi aniqlanmaydi!

Cheranning maydonga tusha olmasligini hisobga olsak, "Nasaf"da kichik ustunlik bor deya olamiz. Ammo "Paxtakor" "Navbahor"ga qarshi bellashuvda katta motivatsiya evaziga har qanday raqibni mag‘lub eta olishini ko‘rsatdi. Demak, imkoniyatlar teng, ammo hisob yiriklashib ketmasa kerak. Bu o‘yindan 1:1 hisobidagi durangni kutyapman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sherzod YUSUPOV 082
15/08/2023 16:40
Насафга омад насаф & Пахтакор 5-0