MYu va "Yuventus" yozda o‘zaro hujumchilar rokirovkasini amalga oshirishi mumkin

  • 13 may, 2019, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Yuventus" forvardi Paulo Dibalani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Goal.com internet nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 26 yoshli argentinalik futbolchi evaziga “keksa sinora”ga o‘zining chililik forvardi Aleksis Sanches va yana ma’lum miqdorda pul taklif qilmoqchi. Biroq, hozircha qancha mablag‘ ekanligi ma’lum emas.

Ta’kidlash kerakki, Ronaldu kelgach ikkinchi raqamli hujumchiga aylanib qolgan Dibala mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishga tayyor. O‘z navbatida MYuda omadi umuman kelmagan Sanches ham xuddi shuni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum 40ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Sanches esa 27ta o‘yinda ishtirok etib, 2ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!