
MYu Simeonening ishonchini oqlamagan futbolchini xarid qilmoqchi
"Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemar "Manchester Yunayted" tarkibini to‘ldirishi mumkin.
Britaniya matbuoti xabariga ko‘ra, futbolchining agenti "qizil iblislar" bilan bo‘lajak transfer shartlarini muhokama qilish maqsadida uchrashgan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Lemarning o‘zi ham "Atletiko"ni tark etishga qarshi emas. Uning "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozigacha amal qiladi. Shu sababli bu transfer summasi yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Toma Lemar transferi kutilganidek natija bermaganini ta’kidlab o‘tgan edi.
Fikrlar