MYu qiziqqan darvozabon jamoasi bilan shartnomasini yangiladi

  • 1 sentabr, 21:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines "Aston Villa" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, darvozabonning Birmingem jamoasi bilan yangi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Emiliano Martines 2020 yilning kuzida "Arsenal"dan "Aston Villa" tarkibiga qo‘shilgandi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, shundan 16 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. O‘tgan mavsumda argentinalik futbolchi jami 61 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 20 mln evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!