
MYu portugaliyalik himoyachi uchun 60 million evro to‘lashga tayyor
"Manchester Yunayted" "Sporting" himoyachisi Gonsalu Inasioni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"O Jogo" nashri xabariga ko‘ra, Erik ten Xagning kelajagi bo‘yicha qaror qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ingliz klubi ushbu futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Tez orada MYu Inasio uchun taklif bilan chiqadi. Uning "Sporting" bilan shartnomasidagi tovon puli 60 million evroni tashkil etadi.
Qayd etish lozim, futbolchiga "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Inasio "Sporting" safida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urishga erishdi. U "Evro-2024"da Portugaliya terma jamoasi bilan ishtirok etadi.
Fikrlar