
MYu davralar oralig‘ida "Tottenxem" futbolchisini tarkibga qo‘shib olmoqchi
"Tottenxem" klubi xavbeki Xarri Uinks "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Daily Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 23 yoshli futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi.
MYu rahbariyati Uinksni jarohat olgan Pol Pogba va Skott Maktomineylarga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Ta’kidlash kerakki, Uinks uchun shuningdek “Manchester Siti” ham xaridor bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Uinks “Tottenxem” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi esa 40 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar