Muhammadali O‘rinboevning jamoadoshi MYuga ko‘chib o‘tadi

  • 1 sentabr, 16:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" darvoza pozitsiyasini kuchaytirish uchun navbatdagi transferga qo‘l urdi. 

Unga ko‘ra, Muhammadali O‘rinboev to‘p tepayotgan "Antverpen" klubi darvozaboni Senne Lammens faoliyatini MYuda davom ettiradi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Unga ko‘ra, "qizil iblislar" 23 yoshli kiper uchun Belgiya klubiga 21 million evro to‘laydi. 

Avvalroq, Emiliano Martines MYuga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqayotgandi va u kecha "Aston Villa"ning "Kristal Pelas"ga qarshi bahs uchun qaydnomasiga kiritilmagan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!