Muhammad Saloh qaysi jamoaga o‘tishi aytildi

  • 2 mart, 11:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugungi kunda jahonning eng zo‘r futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan Muhammad Saloh faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Nufuzli manbalardan biri – El Nacional nashri 32 yoshli to‘purarni “Inter” jamoasi o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin ekani haqida ma’limot chiqardi.  

Ma’lumotlarga qaraganda, Salohning manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar Evropaning bir necha jiddiy klublari bilan muzokaralar o‘tkazib bo‘lgan. Ular orasida “Inter” ham bor.

Milanliklar Mahammad Salohni kelayotgan yozda, o‘yinchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida transfer qilmoqchi.

“Inter” mutasaddilari tajribali hujumchi jamoaning o‘yin uslubiga ideal darajada mos tushishi va klubda unga asosiy yulduz maqomi berilishini ta’kidlayapti.

Muhammad Salohga A Seriya begona emas. U “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgunga qadar “Roma” sharafini munosib himoya qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!