Muhammad Saloh Husanovga qarshi o‘yinda hech kim qilmagan ishni uddaladi

  • 24 fevral, 08:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 26-turida amaldagi chempion “Manchester Siti” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida joriy mavsum etakchisi “Liverpul”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Tecno

Muhammad Saloh va Dominik Soboslaining bittadan goli mehmonlarga 2:0 hisobida g‘alaba keltirdi.

Biz uchun muhimi, bu bahsda Abduqodir Husanov to‘liq o‘ynadi va jamoasining eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘ldi.

Bellashuvda hisobni ochib, sherigiga golli pas uzatgan Muhammad Saloh tarixiy natija qayd etdi. Misrlik hujumchi Angliya Premer-ligasi tarixida ikkita mavsumda gol+pas tizimi bo‘yicha 40 ball va undan ko‘p ochko to‘plagan birinchi o‘yinchi bo‘ldi.

Bu haqda Squawka statistika markazi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali ma’lumot tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Saloh 2017-2018 yilgi mavsumda gol va assistlar sonini 42 taga etkazgan edi. Joriy mavsumda 32 yoshli futbolchi hisobida Angliya Premer-ligasida urilgan 25 ta gol va 16 ta assist bor. Chempionat davom etayotganini inobatga olsak, bu ko‘rsatkich hali yana oshadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!